"Lester" Avstriya yulduzi bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201

"Red Bull Zaltsburg" hujumchisi Patson Daka "Lester"ga ko'chib o'tadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar qiladi. Manbaga ko'ra, tomonlar kelishuvga erishgan. Transfer haqida rasman keyingi hafta e'lon qilinadi. OAV xabarlariga ko'ra, "Liverpul", "Chelsi" va "RB Leyptsig" ham futbolchiga da'vogarlik qilishgan.
O'tgan mavsumda 22 yoshli zambiyalik forvard Avstriya chempionatining eng yaxshi to'purariga aylandi. Uning hisobida barcha musobaqalardagi 42 uchrashuvda 34 ta gol va 12 ta golli uzatma mavjud. Transfermarkt portali ushbu futbolchini 22 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
174