Ukraina terma jamoasini tiz cho'ktirgan futbolchi "Inter"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 208

Gollandiyaning "PSV" klubi himoyachisi Denzel Dyumfris faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Voetbal International xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Italiya klubi 25 yoshli gollandiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda va uni yozgi transferlar vaqtida sotib olishi mumkin.
O'tgan mavsumda Dyumfris "PSV" tarkibida 41 uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol va 9ta golli pas berdi.

Bosh sahifaga
252