Navas faoliyatini Angliya yoki Italiyada davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197

"PSJ" darvozaboni Keylor Navas "Yuventus", "Milan" va "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasidadir, deya xabar beradi Marca. Parijliklar Donnarumma bilan shartnoma imzolasa, kosta-rikalik frantsuz klubini tark etishi mumkin.
Angliya va Italiya klublari Navasga "PSJ"dan ketishga qaror qilsa, unga shartnoma taklif qilishga tayyor. Parijliklar futbolchini 12 million evroga sotishga tayyor.
34 yoshli futbolchi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 45 uchrashuv o'tkazdi va 20 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Bosh sahifaga
225