«Arsenal» Nachoga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4404

Londonning “Arsenal” klubi Nacho Monreal o'rniga o'rinbosar topdi.
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko'ra, londonliklar “Benfika” klubi himoyachisi Aleks Grimaldoga qiziqib qoldi. Futbolchining transferi “kanoninlar” uchun 28 million evroga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli Monreal joriy mavsum 17 o'yinda maydonga tushgan va 1 ta gol urgan, 5 ta golga assistentlik qilgan. Grimaldo esa 34ta o'yinda 5 ta gol urib, 5 ta golga assistentlik qilgan.

Bosh sahifaga
143