"Real"ni tiz cho'ktirgan futbolchini Anchelotti Madridga olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 224

Madridning «Real» klubi ushbu yozda «Chelsi» hujumchisi Timo Vernerni sotib olishga urinishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri jurnalistlari xabar tarqatmoqda. Futbolchining xizmatlariga shaxsan Madrid klubining yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt portalida Vernerni 65 million evroga baholamoqda. O'tgan mavsumda futbolchi London klubida 52 uchrashuv o'tkazdi, 12 gol urdi va 15 golga uzatma berdi.

Bosh sahifaga
208