Donnarumma "PSJ" futbolchisi(mi?)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197

Darvozabon Janluiji Donnarumma "PSJ" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda tvitterda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda. Manbaning xabariga ko'ra, kelishuv 2026-yilgacha hisoblab chiqilgan. Italiya terma jamoasi darvozabonining tibbiy ko'rikdan o'tishi Shveytsariya bilan 16-iyun kuniga belgilangan Evro-2020 o'yinidan so'ng bo'lib o'tadi.
Qayd etilishicha, Donnarumma "PSJ"da qoladi va boshqa jamoaga ijaraga o'tmaydi. U Keylor Navas bilan birinchi raqam uchun kurashadi. Donnarumma 2020/21-yilgi mavsumda "Milan" tarkibida 48 uchrashuv o'tkazib, shulardan 15 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Shuningdek, Parij klubi italiyalik darvozabonga yiliga 12 million evro maosh taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.

Bosh sahifaga
194