Rasman. Veynaldum «PSJ» a'zosiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 204

Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum «PSJ» a'zosiga aylandi. 30 yoshli futbolchi parijliklar bilan 2024 yilning yozigacha bo'lgan muddatga shartnoma imzoladi.
U "Pari Sen-Jermen" safida yiliga 10 million evro maosh oladi.
Veynaldum «Liverpul» sharafini 5 yil davomida himoya qilib, Angliya premer-ligasi va Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqdi. Uning mersisaydliklar bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etar edi. Shu bois, u "Liverpul" safini erkin agent sifatida tark etdi.
Unga «Barselona» ham shartnoma taklif qildi. Ammo Veynaldum moliyaviy jihatdan yaxshiroq taklif bergan "PSJ"ning shartnomasini qabul qildi.

Bosh sahifaga
228