Veynaldum "Barsa"dan ko'ra, "PSJ"ga o'tmoqchi. Sababi...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

Yarim himoyachi Jorjino Veynaldum faoliyatini qaerda davom ettirishi ma'lum bo'ldi.
Insider Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchi "PSJ"ga o'tishga qaror qildi. Sababi, parijliklar ispan klubidan ikki barobar ko'proq maosh taklif qilishmoqda. "Barselona" esa o'z taklifini ko'paytirmoqchi emas.
Katta ehtimol bilan, Veynaldum "PSJ" taklifini qabul qiladi va 2024 yilgacha shartnoma imzolaydi.
Veynaldum "Liverpul"ni iyun oyi oxirida shartnomasi muddati tugashi sababli tark etadi.

Bosh sahifaga
196