"Atalanta" "Jenoa" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210

Mavsumni ijarada "Jenoa"da o'tkazgan "Chelsi" himoyachisi Davide Zappakosta London klubini tark etadi, deb xabar beradi jurnalist Nikolo Skira. 28 yoshli italiyalik futbolchiga "Atalanta" qiziqish bildirilmoqda.
2020/21-yilgi mavsumda Zappakosta A seriyada 25 ta o'yin o'tkazib, ularda 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning yozida o'z nihoyasiga etadi, Transfermarkt portali himoyachining qiymatini 8 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
199