"Real" ushbu futbolchilar transferidan voz kechmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 214

Madridning "Real" klubi ushbu yozda hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi. Madrid rahbariyatida ikki nomzod bor - Kilian Mbappe ("PSJ") va Erling Holand ("Borussiya").
ABC nashrining yozishicha, yozgi transfer oynasida "Real" Mbappe bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi. Agar "PSJ" yulduz hujumchisini sotishdan bosh tortsa, Holand qaymoqranglilar uchun asosiy nomzodga aylanadi. Biroq, vaqt o'tishi bilan madridliklar ikkala futbolchini ham o'z tarkibida ko'rishni istamoqda.
Oldinroq jamoaning yangi ustozi Karlo Anchelotti "Real"da "Everton" forvardini ko'rishni istayotgani haqida xabar berilgan edi.

Bosh sahifaga
206