"Arsenal" Lyakazetni sotsa, o'rniga "Lion" futbolchisini sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181

Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Aleksandr Lyakazet yozda London klubini tark etishi mumkin. Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta keyingi mavsumda futbolchini kim almashtirishi mumkinligi to'g'risida qaror qabul qildi.
Angliya matbuotining yozishicha, "Arsenal" "Lion" hujumchisi Mussa Dembele bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi. O'tgan mavsumda futbolchi "Atletiko Madrid" safida ijarada o'ynadi.
Transfermarkt Dembeleni 25 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
205