"Inter" "Kalyari" futbolchisiga ko'z tikkan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199

Inter" ushbu yozda "Kalyari" yarim himoyachisi Naytan Nandezni sotib olish niyatida. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Transfermarkt 25 yoshli urugvaylik futbolchini 22 million evroga baholamoqda, lekin Milan klubi bunday summani to'lay olmasligi mumkin. Shuning uchun "neradzurrilar" futbolchi almashish evaziga qo'shimcha to'lov qilib urugvaylikni qo'lga kiritmoqchi.
O'tgan mavsumda Nandez 34 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urdi va 4 golga uzatma berdi.

Bosh sahifaga
207