"Tottenxem" va "Arsenal" "Lion" futbolchisiga jiddiy qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

The Telegraph xabariga ko'ra, o'tgan mavsumda "Fulxem"da ijara asosida o'ynagan "Lion" futbolchisi Yoakim Andersen Londonning "Arsenal" va "Tottenxem" jamoalaridan biriga o'tishi mumkin. "Kanonirlar" uni klub bilan shartnomasi yozda tugaydigan David Luizga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.
Ta'kidlanishicha, "Tottenxem" Andersen bilan shartnoma imzolashda etakchilik qilmoqda, ammo "shporlar" ham hozirda jamoada bo'lgan himoyachilardan birini sotib yuborishlari kerak.
"Lion" daniyalikni 20 million evroga evaziga sotishga rozi.
Andersen o'tgan mavsumda "Fulxem" safida APLning 29 uchrashuvida maydonga tushdi va 1 gol urdi.

Bosh sahifaga
218