Dibala Madrid klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 195

TuttoJuve nashri xabariga ko'ra, Madridning "Atletiko" klubi "Yuventus" futbolchisi Paulo Dibalani o'z tarkibiga qo'shib olishi mumkin. Manbani ta'kidlashicha, ushbu transferni "matraschilar" murabbiyi Diego Simeone xohlamoqda. Ammo, turinliklar futbolchini jamoada olib qolishmoqchi. Agarda, futbolchining o'zi klubni tark etishni xohlasa, unda "keksa sinora"ning sotishdan boshqa iloji qolmaydi. Chunki, Dibalaning shartnomasi keyingi yil shu paytda yakuniga etadi va jamoani erkin agent sifatida tark etishiga to'g'ri keladi.
Shuningdek, "Yuve" rahbariyati argentinalik futbolchini 50 million evrodan kamga sotmoqchi emaslar. Bu summa esa madridliklar uchun ko'plik qilmoqda.

Bosh sahifaga
222