Koutino APLga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 234

"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino ushbu yozda Kataloniya klubini tark etadi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda. Futbolchi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi.
Jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, Koutino "Arsenal" yoki"Everton"ni tanlaydi. Ikkala klub ham braziliyalik futbolchi xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt 28 yoshli braziliyalikni 40 million evroga baholamoqda. Yakunlangan mavsumda Koutino bor yo'g'i 14 uchrashuv o'tkazdi, 3 gol urdi va 2 golli pas berdi.

Bosh sahifaga
263