"Milan" "Benfeka" futbolchisini tarkibga qo'shib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

A Seriyaning ushbu mavsumini 2 o'rinda yakunlagan “Milan” jamoasi tarkibini kuchaytirishga qaror qilgan.
Milanliklar ayni paytda yosh va tezkor to'purar hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Shu bois, ular jamoaga “Benfika” hujumchisi Darvin Nunesni taklif qilishni rejalashtirmoqda. U yaqin kelajakda qariya Zlatan Ibrohimovichning o'rnini egallashi kerak bo'ladi.
“Milan” maqsadiga etish uchun yaxshigina xarajat qilishiga to'g'ri keladi. “Benfika” 21 yoshli urugvaylik hujumchi uchun kamida 50 million evro talab qilmoqda.
Portugaliya chempionatiga “Almeriya”dan ko'chib o'tgan Nunes debyut mavsumida barcha turnirlarda 14 ta gol urishga erishdi.

Bosh sahifaga
210