"Bavariya" "Liverpul" yarim himoyachisiga shartnoma taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 195

Myunxenning "Bavariya" jamoasi yozda "Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Viynaldum bilan shartnoma imzolamoqchi. Myunxen klubi allaqachon gollandiyalik futbolchi uchun shartnoma tayyorlab qo'ygan. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
"Bavariya" 30 yoshli Viynaldum bilan 4 yillik shartnoma imzolashga tayyor. Shartnoma kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini o'z ichiga oladi. Eslatib o'tamiz, Viynaldum avvalroq "Liverpul"dan ketishini shaxsan tasdiqlagan edi.

Bosh sahifaga
210