«Real» Holand va Mbappe transferiga pul topish uchun 3 o'yinchisini sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 224

«Real» yozgi transferlar oynasida yarimhimoyachilar Eden Azar va Garet Beylni sotishga tayyor, deb yozadi Sky Sports.
Madrid klubi ushbu futbolchilar, shuningdek, «Ayntraxt»da ijarada harakat qilayotgan hujumchi Luka Yovichga bo'ladigan takliflarni ko'rib chiqadi.
«Real» futbolchilarini sotish orqali «Borussiya» D forvardi Erling Holand va «PSJ» vingeri Kilian Mbappe transferiga pul topmoqchi.

Azar bu mavsumda La Ligada 14ta o'yinda 3ta gol urdi, «Tottenhem»da ijarada harakat qilgan Beyl esa APLda 20ta o'yinda 11ta to'p kiritdi.

Bosh sahifaga
207