De Paul Ispaniya grandi safiga o'tishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 229

Madridning «Atletiko» klubi «Udineze» yarim himoyachisi Rodrigo de Paulni sotib olishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi "Calcio Mercato" nashri.
Shuningdek, «Milan», «Yuventus» va «Napoli» 50 million evroga baholanayotgan 26 yoshli futbolchiga qiziqish bildirishmoqda.
Ammo, «Atletiko» De Paulni «Udineze»dan 40 million evroga sotib olishni umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, argentinalik yarim himoyachi ushbu mavsum A Seriyaning 34 ta o'yinida maydonga tushib, 9 ta gol va shuncha assistga mualliflik qildi.

Bosh sahifaga
256