"Barselona"ga "Napoli" futbolchisi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 276

"Napoli" markaziy himoyachisi Kalidu Kulibali yozda "Barselona"ga o'tishi mumkin.
La Gazetta dello Sport xabariga ko'ra, "ko'k anorrangilar" senegalliklar futbolchi uchun "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" bilan kuch sinashadi.
29 yoshli futbolchining o'zi jamoasini o'zgartirishga tayyor. Neapol klubi ham takliflar uchun ochiq, chunki pandemiya davrida yuzaga kelgan inqiroz sharoiti tufayli unga pul kerak.
Oldinroq "Napoli" Kulibalining sotilishidan 50 million evro ishlab olishni kutayotgani haqida xabar berilgan edi.

Bosh sahifaga
238