Rasman: Neymar PSJ bilan shartnomasini uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141
Hujumchi Neymar PSJ bilan hamkorlikni davom ettiradi.
Parijliklar matbuot xizmatining yozishicha, 29 yoshli braziliyalik klub bilan shartnomasini 2025 yilning iyun oyiga qadar uzaytirdi.
Avvalroq, u Parij klubida yiliga 30 mln evro olishi haqida ma'lumot berilgandi.
Eslatib o'tamiz, forvard 2017 yilning yozida 222 mln evro evaziga «Barselona»dan PSJga o'tgandi.
Le @PSG_inside est heureux d’annoncer la prolongation du contrat de @neymarjr pour trois saisons supplémentaires. Âgé de 29 ans, le brésilien est désormais lié avec le club de la capitale jusqu’au 30 juin 2025.
????❤️???? #NeymarJr2025