"Barselona" Kulibali uchun ikki Manchester klubi bilan raqobatlashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142
"Barselona" klubi yozgi transferlar oynasida "Napoli"ni tark etishi kutilayotgan Kalidu Kulibalini o'z safiga qo'shib olishni istamoqda.
"MD" nashrining xabar berrishicha, Kataloniya klubi senegallik futbolchini qo'lga kiritish uchun "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari bilan raqobatga kirishadi.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli himoyachining Neapol klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida o'z yakuniga etadi. "Transmarkt" portali esa futbolchini 50 million evroga baholamoqda.