Milik "Marsel"dan ketadi, ammo Frantsiyada qolishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198

"Marsel" safida to'p tepayotgan Arkadiush Milik yozgi transferlar oynasida o'z jamoasini o'zgartirishi mumkin, deya xabar bermoqda "Tuttosport" nashri.
Futbolchini PSJ klubi o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Parijliklar uni jamoani tark etishi kutilayotgan Ikardiga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, polshalik futbolchiga "Yuventus" klubidan ham taklif kelib tushgan.
Ma'lumot o'rnida, 21 yoshli goleador bu mavsum Frantsiya chempionatida 11 o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
200