«Yuventus»ning yozgi transfer uchun asosiy maqsadi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 238

"Yuventus" yozgi transfer paytida yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni ko'zlamoqda.
"Calciomercato" tarqatgan xabarga ko'ra, "keksa sinora" asosiy e'tiborini "Sassuolo" yarim himoyachisi Manuel Lokatelliga qaratdi.
Turinliklar 23 yoshli italiyalik futbolchi uchun 40 million evrodan voz kechishlariga to'g'ri keladi.
Lokatelli joriy mavsumda "Sassuolo" safida 28ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta assist muallifiga aylandi.

Bosh sahifaga
218