Mourino o'z lavozimidan ozod etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142
"Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino o'z lavozimidan ozod etildi, deya xabar bermoqda "The Telegraph" nashri.
Murabbiyning so'nggi paytlarda ko'rsatayotgan natijalari bu qarorga sabab bo'ldi. Hozircha, uning o'rniga kelishi mumkin bo'lgan nomzod aniq bo'lib ulgurmadi.
Eslatib o'tamiz, "shporlar" ayni dam 50 ochko bilan APL turnir jadvalida 7 o'rinda bormoqda.