"Napoli" "Tottenxem" futbolchisi transferini hal qilish arafasida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142
"Napoli" klubi yozgi transferlar oynasida "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Erik Lamelani o'z safiga qo'shib olishni istamoqda.
Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, neaopolliklar argentinalik futbolchining transferini hal qilish arafasida. Futbolchining o'zi ham "shporlar" safida har doim ham asosiy tarkibda maydonga tusha olmasligini bilgan holda, ushbu taklifni qabul qilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli futbolchi ushbu mavsum APLning 19 ta o'yinida maydonga tushib, o'z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo'ygan.