"Milan"ga keraksiz futbolchi "Barselona"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172
"Barselona" jamoasi yozgi transferlar oynasida "Milan" klubining tajribali himoyachilaridan biri Alessio Romanolini o'z tarkibiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda MD nashri.
Kataloniya klubi frantsiyalik Umtitini sotib yuborish niyatida va uning o'rniga "rossonerilar" himoyachisini olib kelmoqchi. O'z navbatida, "Milan" ham Romanoli bilan shartnomani uzaytirish niyatida emas. Sababi, klub Tomorining to'liq transfer huquqini "Chelsi"dan sotib olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli futbolchining milanliklar bilan amladagi shartnomasi 2022 yilning yozida o'z yakuniga etadi.