Belottiga da'vogarlar ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210
«Torino» hujumchisi Andrea Belottiga oltita klub qiziqish bildirmoqda. Tuttosport nashrining xabar berishicha, Italiyada «Milan», «Roma» va «Napoli», Angliyada «Everton» va «Chelsi», Ispaniyada «Atletiko» klublari futbolchini o'z tarkiblarida ko'rmoqchilar.
Belottining «Torino» bilan shartnomasi 2022 yilning yozida nihoyasiga etadi. Futbolchi turinliklarning yangi shartnoma borasidagi takliflarini qabul qilishga shoshilmayapti. Chunki yozdayoq «Torino»dan ketishi mumkin.
Manba: interfutbol.uz