Rayola: «Borussiya» Xolandni sotishni istamayapti»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133
Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xolandning agenti Mino Rayola futbolchining kelajagi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
Avvalroq agent futbolchining otasi Alf-Inge Xoland bilan birgalikda «Barselona», «Real» va APLning bir qator klublari bilan muzokara olib borishgan edi.
«Men Dortmundda bo'ldim. Mixael Tsork («Borussiya» sport direktori) jamoa Erlingni sotmoqchi emasligini aniq qilib aytdi. Men ularning qarorini hurmat qilaman, ammo ularning fikriga qo'shilmayman. «Borussiya» bilan o'rtamizda urush yo'q», — dedi Rayola.