"Milan" hamon Chalxanoglu bilan kelisha olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150
"Milan" jamoasi o'z etakchilaridan biri bo'lmish Xakan Chalxanoglu bilan hamon shartnoma borasida kelisha olmayapti, deya xabar bermoqda CalcioMercato nashri.
"Neradzuri" bir necha oydan buyon turkiyalik futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda, ammo klub u bilan bu borada kelisha olmayapti.
Manbaning xabar qilishicha, milanliklar o'z yarim himoyachisiga yilik 4.5 million evro maosh taklif qilgan, ammo bu futbolchi so'rayotgan mablag'dan 1 million evro kam.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli futbolchi ushbu mavsum A Seriyaning 25 o'yinida maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va 8 ta assist yozdirib qo'ydi.