"Tottenxem"ning asosiy maqsadi "Leypsig" futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121
Londonning "Tottenxem" jamoasi yozda Germaniya klubi futbolchisini qo'lga kiritishga harakat qilib ko'radi. "Shporlar" kelayotgan transferlar mavsumida "Leypsig" yarim himoyachisi Kristofer Nkunkuni jamoaga olib kelmoqchi. Manbada ko'rsatilishicha, Nkunku "Tottenxem"ning asosiy transfer maqsadi.
Ammo, "shporlar" rahbariyati futbolchi uchun "Arsenal" va "Manchester Yunayted" bilan jiddiy raqobat olib borishga to'g'ri keladi. Chunki, "to'pchilar" ham, "qizil iblislar" ham frantsuz yarim himoyachisiga qiziqish bildirgan.
Ushbu mavsumda, Kristofer Germaniya Bundesligasida 23 uchrashuvda maydonga tushib, 6 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.