"Tottenxem" "Vest Bromvich" darvozaboniga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129
Manbaning xabariga ko'ra, "Tottenxem" klubi "Vest Bromvich" darvozaboni Sem Jonsga qiziqish bildirmoqda.
"Shporlar" 28 yoshli ingliz darvozabonni, Ugo Lorisga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Ushbu transfer London klubiga 6 million evroga tushishi mumkin va tomonlar shartnoma imzolash arafasida.
Eslatib o'tamiz, angliyalik darvozabon ushbu mavsum APLda 29 o'yinda maydonga tushgan.