"Inter" ikki yarim himoyachidan birini tanlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218

Italiyaning "Inter" jamoasi yozgi transferlar oynasida erkin agentga aylanishi kutilayotgan Jorjino Veynaldumni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi, deya xabar bermoqda CalcioMercato nashri.
Antonio Konte 30 yoshli futbolchini tekinga o'z safiga qo'shib olib, tarkibni kuchaytirib olishni rejalashtirmoqda. Ammo, niderlandiyalik futbolchi uchun kurashda "Barselona" etakchi hisoblanadi. Shu sababli, "neradzuri" "Napoli" futbolchisi Nikola Maksimovichni ham kuzatmoqda.
Eslatib o'tamiz, Veynaldumning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida o'z yakuniga etadi.

Bosh sahifaga
173