"Atletiko" "Fiorentina" futbolchisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 215

Madridning "Atletiko" klubi yozgi transferlar oynasida "Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovichni o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda, deya xabar bermoqda CalcioMercato nashri.
21 yoshli futbolchiga "Milan" va "Roma" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. Florentsiya klubi esa o'z hujumchisini 40 million evroga baholamoqda.
Ma'lumot o'rnida, Vloxovich bu mavsum A Seriyaning 28 uchrashuvida 13 ta gol urdi.

Bosh sahifaga
171