Draksler yozda «PSJ»ni tark etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 185

Yarim himoyachisi Yulian Draksler, katta ehtimol bilan, yozda «PSJ»ni tark etadi.
27 yoshli futbolchi erkin agent sifatida Parijni tark etadi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatdi.
Germaniyalik futbolchi 2017 yildan buyon "Pari Sen-Jermen" sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu vaqt davomida u jamoa bilan Frantsiya chempionati va Frantsiya superkubogida 3 martadan g'olib chiqqan bo'lsa, Frantsiya liga kubogi va Frantsiya kubogida 2 martadan sovringa ega chiqqan.
Draksler Frantsiya chempionatining joriy mavsumida 18ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.

Bosh sahifaga
144