«Real» Mbappe yoki Xolandni xarid qilish uchun 8 futbolchini sotmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218

«Real» yozgi transfer paytida top-futbolchilardan birini xarid qilish uchun bir qator o'yinchilarni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
"ABC" tarqatgan xabarga ko'ra, madridliklar Isko, Beyl, Marselo, Odriosola, Sebalos, Mariano Dias, Yovich va Mayoralni transferga qo'yishmoqchi.
Jamoa ushbu 8 futbolchining transferidan tushgan pulni Kilian Mbappe yoki Erling Xolandni sotib olish uchun sarflashni ko'zlamoqda. Buning uchun "Real"ga 200 million evro pul kerak bo'ladi.

Bosh sahifaga
157