«Arsenal»ni yozda besh futbolchi tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 219

"Arsenal" yozgi transfer paytida bir necha nafar futbolchilar bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
"Mirror" tarqatgan xabarga ko'ra, "kanonirlar" maoshlar bilan bog'liq xarajatlarni kamaytirish hamda tarkibni kuchaytirish maqsadida 5 nafar futbolchining xizmatidan voz kechmoqchi.
Demak, himoyachilar David Luiz va Ektor Belerin, yarim himoyachi Muhammad el-Nenni hamda hujumlar Aleksandr Lyakazett va Edvard Nketia jamoani tark etadigan ro'yxatidan o'rin olishdi.
Luiz yozda erkin agentga aylansa, Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, qolgan o'yinchilarning umumiy narxi 88 million evroga teng.

Bosh sahifaga
170