«Monako» futbolchisi Bundesligaga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7708

Frantsiyaning “Monako” klubi himoyachisi Almami Ture Bundesliga klubiga yo'l oldi.
“Ayntraxt Frankfurt” klubi 22 yoshli futbolchini ijaraga oldi. Ture germaniyaliklar safida 2023 yilgacha to'p suradigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi “Monako” safida 54 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga erishgan.

Bosh sahifaga
200