«Manchester Siti» xorvatiyalik futbolchini sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1629

Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Xayduk” klubi yarimhimoyachisi Ante Palaversani sotib oldi.
18 yoshli iqtidor tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tib, “shaharliklar” bilan shartnoma imzoladi. Uning transfer qiymati 8 million evroga teng bo'ldi.
Ma'lumot uchun, Palaversa 2020 yilgacha “Xayduk”da qoladi. Agar zarurat tug'ilsa, “Siti” uni chaqirib olish huquqiga ega bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda futbolchi 17 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishgan.

Bosh sahifaga
352