"Roma" futbolchisi "Yuventus"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1740

La Gazzetta dello Sport nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Rimning "Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo yozgi transfer bozorida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Futbolchiga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda, qolaversa, Italiya grandi ushbu futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda.
Qayd etish kerakki, Dzanolo jarohati sababli joriy mavsum maydonga tushmadi, uning "bo'rilar" bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
210