"Yuventus" bugun "Jenoa" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 334

Turinning «Yuventus» klubi bugun «Sassuolo» hujumchisi Janluka Skamakka bilan shartnoma imzolash uchun so'nggi harakatini amalga oshirib ko'radi. Skamakka ayni paytda "Jenoa" tarkibida ijara asosida o'ynamoqda.
Turinliklar yosh to'purar bilan transfer oynasi yopilishidan oldin shartnoma imzolab olmoqchi. Transfermarkt portali Skamakkaning transfer narxini 8 million evro atrofida baholamoqda.
Joriy mavsum u 16 ta o'yinda maydonga tushdi va oltita gol kiritdi.

Bosh sahifaga
178