"MYu"ning sobiq hujumchisi Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tyapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218

Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubi hujumchisi Odion Igalo faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkinligi haqida Sky Sports xabar tarqatmoqda.
31 yoshli nigeriyalik hujumchi "Al-Shabab" jamoasi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Ayni paytda tomonlar muzokara olib borishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Odion Igaloning so'nggi jamoasi "MYu" bo'lib, "qizil iblislar" safida ijara asosida to'p surgandi.

Bosh sahifaga
169