Bilbaoning "Atletik" hujumchisi Kenan Kodro faoliyatini "Valyadolid" jamoasida davom ettiradigan bo'ldi. Bu haqda bilbaoliklar rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Gap bir yillik ijara shartnomasi haqida ketmoqda. Joriy mavsum 27 yoshli hujumchi "Atletik" safida uchta o'yin o'tkazib, bitta gol kiritdi.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Eng qupol chempionat deb Germaniyada o‘tgan 2006 yildagisi topilgan. O‘shanda hakamlar hammasi bo‘lib 25 qizil va 310 ta sariq kartochkani cho‘ntaklaridan chiqarishgan. Eng qo‘pol o‘yin ham o‘sha turnirga tegishli: Portugaliya – Gollandiya. Rossiyalik hakam Valentin Ivanov 16 ta sariq kartochka va 4 qizil kartochka ko‘rsatgan.