"Napoli" A Seriyaning boshqa klubi futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 191
Italiyaning "Sassuolo" yarim himoyachisi Jeremi Boga "Napoli" qiziqishlari doirasida turibdi.
Neapolliklar futbolchining transferi uchun 20 million evro to'lashga tayyor, klub Bogaga 5 yillik shartnoma taklif qiladi.
Oldinroq, 23 yoshli ivuarlik futbolchining "Chelsi"ga qaytishni xohlayotgani borasida xabarlar tarqagan edi.
Boga joriy mavsum A Seriya doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.