"Roma" futbolchisi APLga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 285
Rimning "Roma" yarim himoyachisi Lorentso Pellegriniga Angliyaning "Everton" jamoasi qiziqish bildirmoqda.
24 yoshli italiyalik futbolchiga "Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining shaxsan o'zi qiziqmoqda.
Xabarlarga qaraganda, rimliklar Pellegrini bilan 30 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.
Italiyalik futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assist qayd etdi.