"Liverpul" "Arsenal" futbolchisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 264
Londonning "Arsenal" yarim himoyachisi Bukayo Saka "Liverpul"ga ko'chib o'tishi mumkin.
"Qizillar" londonliklarning 18 yoshli angliyalik futbolchisini kuzatib kelishmoqda. Saka joriy mavsum "Arsenal"ning barcha qanotlarida o'ynashga muvaffaq bo'ldi.
Xabarlarga qaraganda, "Arsenal" Saka borasidagi har qanday taklifni ko'rib chiqish niyatida emas va u bilan xayrlashishni o'ylamayapti.
Bukayo Saka joriy mavsum APL doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.