"Everton" va "Lester" bir hujumchi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 182
Angliyaning «Sautgempton» hujumchisi Denni Ingz jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Futbolchining xizmatiga «Lester» va «Everton» klublari qiziqish bildirishmoqda. Bu haqda Angliya matbuoti xabar bermoqda.
Ingzning o'z jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyida yakuniga etadi. «Everton» va «Lester» jamoalari to'purar futbolchi bilan shu yilning yozida shartnoma imzolash niyatida.
Ingz joriy mavsum 15 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol kiritdi va uchta golga assistentlik qildi.