«Napoli» hujumchisiga uchta klubdan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 290

Hujumchi Fernando Lorente «Napoli»ni tark etishi mumkin.
35 yoshli ispaniyalik hujumchiga «Udineze» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. O'z navbatida, futbolchining o'zi ham ushbu variantni jiddiy o'ylab ko'rmoqda.
Bundan tashqari, Lorenteni o'z safida ko'rish uchun «Atletik» va «Benevento» klublari ham tayyor turishibdi.
«Napoli» o'z futbolchisi borasida transfer oynasi yopiladigan haftada qaror qabul qiladi.

Bosh sahifaga
193