"Shaxtyor" o'z futbolchisini 40 million evroga sotmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 327

Ukrainaning «Shaxtyor» klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Manor Solomonni Evropaning etakchi klublaridan biriga sotmadi. Bu haqda Sport1 nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishiga qaraganda, 21 yoshli isroillik futbolchining transferi uchun 40 million evro taklif qilishdi, biroq, «konchilar»ni bu mablag' qoniqtirmadi. Ukraina chempionlari Solomonning sotuvidan kamida 50 million evro ishlab olishni o'ylamoqda.
Avvalroq, Solomonga «Roma» va «Arsenal» klublaridan qiziqish bo'layotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Bosh sahifaga
217