"Barselona" "MYu" himoyachisiga da'vogarlik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 327

Kataloniyaning «Barselona» klubi «Manchester Yunayted» himoyachisi Diogu Dalotga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Italiya matbuoti xabar tarqatmoqda. Ayni paytda Dalot faoliyatini "Milan" tarkibida ijara asosida o'tkazmoqda.
Qayd etilishicha, "Barselona" Dalotni sotib olish orqali o'zining o'ng qanot himoyasidagi muammolarni bartaraf etmoqchi. Biroq, «Milan» himoyachini qo'yib yuborish niyatida emas va uning transferini «MYu»dan to'laqonli ravishda sotib olmoqchi. Transfermarkt portali Dalotning transfer bahosini 12 million evro atrofida baholamoqda.
Joriy mavsum Dalot 15 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol kiritdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Bosh sahifaga
176